07:47 / 06.04.2019
34924

Bosh prokuratura Jizzaxda sodir bo‘lgan qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Foto: kaluganews

2019 yil 4 aprel kuni soat 13:30 larda Sh.Rashidov tumani, "Eski Toshkentlik" mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxs undan  o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.

Sh.A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.

Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.

Top