8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

22:27 / 07.04.2019 28209

UFC tarixidagi eng “toza” jangchi ma'lum qilindi

Foto: wallsdesk.com

Irlandidyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Mutlaq jangchilik chempionati UFC’ning taqiqlangan moddalar aniqlanmagan, ya'ni manfiy doping-testlari soni bo‘yicha yetakchisi bo‘ldi. 

“Toza” jangchilar reytingi AQShning aksildoping agentligi USADA ma'lumotlariga asoslanib tuzilgan. Bu ma'lumotlar bilan UFC vitse-prezidenti Jyeff Novitski tvitterda bo‘lishdi. Uning ma'lum qilishicha, Makgregor 49 ta manfiy doping-test topshirgan. Ulardan 11 tasi Makgregordan Floyd Meyuezerga qarshi jang oldidan olingan.

Bu borada 2-o‘rinni UFC’ning og‘ir vazndagi amaldagi chempioni Daniyel Korme egalladi. Uning manfiy doping-testlari soni 45 tani tashkil qilgan. 3-o‘rinni braziliyalik jangchi Rafayel Dos Anos (41 ta manfiy doping-test), 4-o‘rinni amerikalik ayol jangchi Xolli Xolm, 5-o‘rinni yana bir amerikalik jangchi Stipe Miochich egallagan.

30 yoshli Makgregor o‘z faoliyati davomida 21 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan va 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. U 2 vazn toifasida UFC chempioni kamarini qo‘lga kiritgan.

Top