Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh marshal Haftardan Tripoliga yurishni to‘xtatishni talab qildi
Foto: AP Photo/Andrew Harnik
AQSh marshal Halifa Haftar armiyasi bo‘linmalaridan Liviya poytaxti Tripoliga yurishni darhol to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo aytib o‘tdi.
“AQSh Tripoli yaqinidagi jangovar harakatlardan xavotirda. Biz Halifa Haftar kuchlarining hujumiga qarshi ekanligimizni ravshan tushuntirdik va Liviya poytaxtiga qarshi bu harbiy operatsiyalarni darhol to‘xtatishga chaqiramiz. Kuchlar avvalgi pozitsiyalariga qaytishi lozim”, deb aytilgan Pompeoning yozma bayonotida.
Davlat kotibining aytishicha, “Tripoliga bir tomonlama hujum oddiy fuqarolar hayotiga xavf soladi va liviyaliklar uchun yaxshiroq kelajakka istiqbollarga putur yetkazadi”.
Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh ixtilofning harbiy yechimi yo‘qligiga ishonchi komil. “Shu sababli AQSh xalqaro maydondagi sheriklari bilan Liviya yetakchilariga BMT bosh kotibining maxsus vakili vositachiligida siyosiy muzokaralarga qaytishlari uchun bosim o‘tkazishni davom ettirmoqda. Siyosiy yechim – mamlakatni birlashtirish uchun yagona yo‘ldir”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan AQSh davlat kotibi.
Mavzuga oid
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:42
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
09:31
GFR vitse-kansleri: Trampning bojlardan voz kechganidan xursand bo‘lishga hali erta
08:39