8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:30 / 23.04.2019 8722

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Podshoota daryosidan birgalikda foydalanishni muhokama qilmoqda

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Markaziy Osiyoning yuqori va quyi davlatlari o‘rtasida birgalikdagi suv resurslari ustidan mahalliy boshqaruv, egalik va hamkorlikni kuchaytirishga yordam berish maqsadida Qo‘shma Shtatlar Namangan shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Podshoota daryosi kichik havzasi kengashining ikkinchi qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazishga ko‘maklashdi, deb xabar bermoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi. 

Bildirilishicha, uchrashuv umumiy suv resurslari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) amalga oshirayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) «Smart Waters» loyihasi ko‘magida tashkil etilgan.

Markaziy Osiyoda suvdan unumsiz foydalanishni keltirib chiqaradigan yomon infratuzilmalar va eskirgan texnologiyalarni o‘z ichiga olgan bir qator muammolarga duch kelgan 200 dan ortiq kichik transchegaraviy daryolar mavjud. Farg‘ona vodiysida joylashgan va Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasida kichik transchegara daryosi bo‘lgan Podshoota “Smart Waters” suv resurslarini yaxshiroq boshqarishni rivojlantiradigan sakkizta tajriba uchastkalarining biridir. Umumiy suv resurslarini birgalikda boshqarish adolatli va teng taqsimlashni ta'minlash hamda chegaralar bo‘ylab nizo va ziddiyatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega, deyiladi xabarda.

USAID’ning O‘zbekistondagi direktori Geri Robbins shunday dedi: “Samarali transchegaviy suv resurslarini boshqarish va hamkorlik Markaziy Osiyoning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi va barqarorligi bilan uzviy bog‘liq. Bugungi uchrashuv Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida umumiy suv resurslarini birgalikda boshqarishda ijobiy qadamdir. Butun dunyoda Yer kuni nishonlanayotgan ushbu kunda barchamiz shu yerga to‘plandik va sayyoramizdagi eng qimmatbaho manba – suvdan oqilona foydalanishga mas'ul ekanimizni yodga oldik”.

Uchrashuvda davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlikni, shu jumladan daryo qirg‘oqlarini muhofaza qilish, qirg‘oqlardagi suv oqimi ko‘tarilishining oldini olish va taqsimlash tizimini yaxshilash bo‘yicha choralarni muhokama qilishdi.

“Smart Waters” fuqarolik jamiyati vakillari, mahalliy hukumat idoralari, sog‘liqni saqlash va favqulodda holatlarga mas'ul tashkilotlar, shuningdek fermer va boshqa suvdan foydalanuvchilarni konstruktiv muloqotlar hamda birgalikdagi harakatlar uchun umumiy yechimlarga chorlaydigan suv resurslarini boshqarish sohasidagi inklyuziv va ishtirokchi yondashuvini rivojlantirish va kichik havza kengashlarini yaratish ustida mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Top