Toshkent harbiy okrugida qo‘shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 24 aprel kuni tongda berilgan signal bo‘yicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamkorligidagi o‘quv dasturiga ko‘ra, 24–25 aprel kunlari Toshkent viloyatining chegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlarning ssenariysi bo‘yicha Toshkent viloyati Ohangaron tumani chegara postlaridan birida bir guruh shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to‘dasi davlat chegarasini buzib o‘tishga uringani haqida ma'lumot kelib tushadi. Chegara posti navbatchilik bo‘linmalari olingan xabarni zudlik bilan hamkorlikdagi kuch tuzilmalarining hududiy bo‘linmalari hamda tegishli idoralarga yetkazadi. Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligida olingan shartli signal bo‘yicha qo‘shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilib, jangovar texnikalardan iborat kolonnalar belgilangan joyga yo‘l oladi.



Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan taktik o‘quvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, shuningdek, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarining vertolyot aviatsiyasidan 4 ta uchish apparati jalb etilgan.



Kunning ikkinchi yarmida Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasini yo‘q qilish operatsiyasi o‘tkazildi.
Amaliy mashg‘ulotlar harbiy boshqaruv organlari o‘rtasida jipslikni ta'minlash, qo‘shinlar, shtab va qo‘mondonlik tarkibida amaliy ko‘nikmalarni yanada shakllantirishdan iborat.
Hamkorlikdagi mashqlarning 2-bosqichi ertaga, 25 aprel kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida davom etadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
Mavzuga oid

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:56 / 03.04.2025
Toshkentda 9 aprelga qadar yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

09:02 / 03.04.2025