FVV ma’lum qilishicha, Sergeli tumanining 3-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshigi qulflanib, uy ichida nogironligi bo‘lgan keksa ayol qolib ketgan. 

Voqea joyiga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida temir eshik ochib berilgan. 

Nogironligi bo‘lgan keksa ayol yaqinlariga sog‘-salomat topshirilgan.