8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:15 / 12.06.2019 2831

MB: 5 oy davomida bankomatlardan 8 trln. so‘m naqd pul yechib olingan

Bugun, 12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda ma'lum qilinishicha, 2019 yilning o‘tgan 5 oyi davomida mijozlar tomonidan bankomatlardan 8 trln. so‘mdan ortiq miqdordagi naqd mablag‘ yechib olingan. Hozirgi kunda respublika bo‘ylab 1977 bankomat ishlab turibdi, yil boshidan buyon ular soni 777taga oshgan va shulardan 576tasi viloyatlarda o‘rnatilgan.

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning ma'lum qilishicha, o‘tgan uch yilning aynan may oyi tahlil qilinganida 2017 yil may oyi banklardagi naqd kirim-chiqim miqdori 5 trln. so‘mni, 2018 yilning may oyida bu ko‘rsatkich 12 trln. so‘mni, 2019 yilning may oyiga kelib esa 21,4 trln. so‘mni tashkil qilgan. Ya'ni uch yil davomida bu ko‘rsatkich to‘rt barobardan ko‘proqqa o‘sgan.

Top