8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:00 / 21.06.2019 65088

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlarini tanqid qildi

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalardagi muammolarga to‘xtalib, bosh vazir o‘rinbosarlari faoliyatini keskin tanqid qildi.

«Asosiy ishlarning hammasini Bosh vazirning o‘zi qilyapti. Bosh vazir jamoasi ishlay olmayapti. Bosh vazir o‘rinbosarlarining hammasi g‘o‘ddayib yurishni biladi, aravasini zo‘rg‘a tortadi, aniq takliflar bermaydi, tizimni o‘zgartirishga harakat qilmaydi.

Ayniqsa, ijtimoiy soha bo‘yicha ularning faoliyati yomon. Ular haligacha o‘z o‘rnini topa olgan emas», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, bosh vazir Abdulla Aripovning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovdan tashqari yana 4 nafar o‘rinbosari bor.

Jamshid Qo‘chqorov 2017 yilning noyabridan Bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vaziri - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari bo‘lgan, 2019 yil fevralidan buyon Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri.

Aziz Abduhakimov 2018 yilning mayidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari bo‘lgan, 2019 yil fevralidan buyon Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari.

2016 yilning dekabridan buyon Bosh vazir o‘rinbosari -O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Tanzila Norboyeva o‘rnini 2019 yil 20 iyun kuni Elmira Bositxonova egalladi.

Elyor G‘aniyev 2019 yilning 28 yanvarida bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Top