Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AgroMart: dehqon va fermerlar uchun imkoniyatlar
"AgroMart" veb-portali – yuqori malakali maslahatchi va ekspertlar, iqtidorli IT-mutaxassislar, ishiga fidoyi menejyerlardan iborat loyiha guruhidir. Loyihaning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotganlar uchun foydali, maqbul va qiziqarli veb-portal yaratishdir.

rivojlantirish amaliyotlarini o‘rganish uchun fermer-ayollarning Gollandiyaga tashrifi
Veb-portal dehqon va fermerlar uchun quyidagi imkoniyatlarni havola qiladi:
- Qishloq xo‘jaligi turli yo‘nalishlari bo‘yicha bepul, malakali va tezkor maslahatlar. AgroMart portalining maslahatchilari milliy va xalqaro tajriba sohiblari bo‘lib, sayt va AgroMart mobil ilovasi orqali berilayotgan savollarga onlayn ravishda tezkor va to‘liq javob berishga tayyor. Maslahatlar agronomiya, polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, veterinariya, qishloq xo‘jaligi texnikalari va huquqi masalalarini qamrab oladi. Bundan tashqari “Foydali ma'lumotlar” bo‘limida nazariy va amaliy bilimlarni qo‘lga kiritish imkoni mavjud.

"UzAgroExpo-2019" ko‘rgazmasining fotosuratlari.
- Veb-portalda sohaga oid dolzarb va muhim yangiliklar, sara tahliliy va statistik axborotlar hamda qiziqarli tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotlar jamlangan.
- Fermerlar va ishlab chiqaruvchilar portalning elektron savdo maydonchasi orqali ko‘rsatayotgan xizmatlari yoki ishlab chiqarayotgan mahsulotlari to‘g‘risida batafsil e'lon joylashtirishlari mumkin. Bunday e'lon joylashtirish mutlaqo bepul.
Loyiha YeXHTning (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) O‘zbekistondagi Koordinatori ofisi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari kengashi va "John Deere" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, AgroMart jamoasi YeXHT hamkorligida Respublika miqyosida fermer va dehqonlar uchun muntazam ravishda o‘quv seminar-treninglar va qishloq xo‘jaligida eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish uchun xorijiy mamlakatlarga tashriflar uyushtirmoqda
Telegram kanal: https://t.me/uzagromart
Feysbuk: https://bit.ly/2KFBSSo
Veb-portal: http://agromart.uz
Mobil ilova: https://bit.ly/2FYUHNQ
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi
O‘zbekiston | 16:03
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18