8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:56 / 05.07.2019 7420

WebMoney tizimida o‘zbek so‘mi qiymatiga teng bo‘lgan WMY belgisi paydo bo‘ldi

Foto: WebMoney

WM Transfer Ltd kompaniyasiga tegishli bo‘lgan WebMoney elektron to‘lovlar tizimida o‘zbek so‘mi qiymatiga teng bo‘lgan WMY belgisi paydo bo‘ldi.

Endi o‘zbekistonliklar WebMoney tizimida WMY karmonchasini ochib, tovarlar va xizmatlar, mobil aloqa, kommunal to‘lovlar, internet va boshqa turdagi xizmatlarga to‘lovlarni so‘mga tenglashtirilgan qiymatda amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

WMY hamyonini UZCARD bank kartalari, OSON mobil ilovasi, PAYNET mobil ilovasi yordamida yoki naqd pul orqali PAYNET to‘lov shoxobchalarida to‘ldirishi mumkin.

WMY nom belgisini tizimdagi istalgan nom belgisiga (WMZ yoki WMR) ayrboshlash va butun dunyo bo‘ylab WebMoney tizimiga ulangan 100 mingdan ortiq onlayn-do‘konlarida xarid qilish imkonini beradi.

Ma'lumot o‘rnida, ayni paytda WebMoney tizimida WMY (O‘zbek so‘mi) bilan birga WMR (Rossiya rubli), WMZ (AQSh dollari), WME (yevro), WMU (Ukraina grivnasi), WMB (Belarus rubli), WMK (Qozog‘iston tengesi), WMV (Vetnam dongi), WMG (BAA dirhami), WMX, WMH va WML (kriptovalutalar) va MDL (Moldova leyi) karmonchalaridan foydalanish mumkin.

Teglar

Top