Toşkentda ötkazilgan ICT Week 2019 Özbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida elektron tijoratni rivojlantiriş rejalariga katta e'tibor qaratildi.
WebMoney Transfer tizimini rivojlantiriş böyiça direktor Pyotr Daraxvelidzening nutqi e-tijorat sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bağişlandi. Biz u bilan Özbekistonning tölov bozorida qanday yangiliklar paydo bölişini, elektron hamyonlarning xususiyatlarini va onlayn tölovlarning qançalik xavfsizligini muhokama qiliş uçun uçraşdik.
- Bu yil yozda WebMoney sömdagi WMY hamyonlarining işga tuşirilişini ma'lum qilgan edi. Siz özbek foydalanuvçilarga nimalarni taklif qilişingiz mumkin?
- Özbekistonda biz öz hamkorlarimiz bilan özaro uzviy boğliq işlar olib bormoqdamiz - WMY böyiça tizim kafili maqomini moliyaviy texnologiyalar sektoridagi Brio Group kompaniyasi oldi. WebMoney foydalanuvçilarga qulay interfeys va ötkazmalar xizmatiga ega dasturni taqdim etadi. Kafil, öz navbatida, texnologiyani mahalliy qonunçilik va mahalliy bozorning xususiyatlari bilan moslaştiradi.
Hozirgi vaqtda bizda uçta vazifa mavjud: hisobni töldirişning arzon va oson usullarini taqdim etiş, interfeysni özbek tiliga ötkaziş, şuningdek WMY-hamyonni global internet-dökonlar va xizmatlarga, masalan, AliExpress tizimiga maksimal darajada kiriş imkoniyatini ta'minlaş.
Umid qilamizki, WMY-hamyon kundalik tölovlar va maşhur tovarlar va xizmatlarni tölaş uçun qulay vosita böladi. Kimgadir esa, WebMoney öz işini oçişga va internetda qonuniy pul topişga yordam beradi.
- WebMoney tizimining boşqa elektron hamyonlardan qanday farqi bor?
- WebMoney – bu pul mablağlarini ötkaziş uçun elektron hamyondan köra köproq imkoniyatlarga ega tizimdir, biz internetda biznes yuritiş uçun biznes muhitini yaratişga alohida e'tibor qaratamiz. Şuningdek, bizning hamyonni boşqariş dasturlarimizda mablağlarni almaşiş uçun interfeys, örnatilgan messenjer, töğridan-töğri dasturdan video va audio qönğiroqlarni amalga oşiriş imkoniyati va mavzular böyiça guruhlar yaratiş va munozaralarni ötkaziş mumkin bölgan WebMoney Evens biznes tarmoğiga kiriş imkoniyati mavjud.
Umuman tizimda önlab xizmatlar mavjud: frilancerlar birjasi, mablağ yiğiş va jamoaviy xaridlar uçun platforma, escrow xizmati, fayllar saqlanadigan ombor va köplab boşqalar. Tizim uşbu xizmatlarning köpçiligidan foydalaniş imkoniyati uçun qöşimça tölov olmaydi.
- Xaridorlarning noma'lum internet-dökonlarda tölaşdan qörqişi elektron tijoratni rivojlantirişdagi tösiqlardan biridir. Bu qörquvlar qançalik asosli?








