Ukraina milliy banki “WebMoney.UA” tölovlar tizimida qayd qilişni bekor qildi. Şu sababli 4 mln kişining hisob raqami bloklanib qoldi.   

Xabarda tuşuntiriliça, milliy bank bu qarorni Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasi kengaşining 2 may kunidagi qarori asosida kiritilgan sanksiyalar bilan boğliq holda qabul qilgan.

Sanktsiyalar ostiga Rossiyada qayd qilingan WebMoney.ru’dan taşqari, Britaniyaning WebMoney Europe Ltd va Ukrainaning WebMoney.ua tizimlari sanksiyalar ostiga tuşgan.

Kompaniya öz navbatida Ukrainada barça qonun me'yorlariga amal qilib 15 yildan beri işlab kelayotgani va qabul qilingan qaror u uçun kutilmagan bölgani aytgan. 

“Amaldorlardan birortasi tizim foydalanuvçilari bölgan 4 mln oddiy ukrainalikning manfaatlari haqida qayğurmagan. Endi ularning pullari mas'uliyatsiz qaror sababli bloklab qöyildi”, deb ma'lum qilgan WebMoney.ua.

2016 yil noyabrda ham Ukrainada Webmoney, Yandeks.Dengi, QIWI Wallet va Wallet one/Yedinyy koşelek tölov tizimlari taqiqlangandi. Bunga tölov tizimlari Ukraina milliy banki bilan elektron pullarni qöllaş qoidalarini kelişib olmagani sabab bölgan. 

2018 yil 2 may kuni Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasi kengaşi “Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi”ga aloqador yuridik va jismoniy şaxslarga qarşi sanksiyalar kiritdi.