8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:56 / 11.07.2019 7612

Pul o‘tkazmalarini 24/7 tarzida uyda qabul qilish imkoniyati yaratildi

«Ipak Yo‘li» banki o‘z an'analariga sodiq qolgan holda O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasi orqali bevosita mijozning Visa kartasiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish xizmatini ishga tushirdi.

Mazkur xizmat «Zolotaya Korona» to‘lov tizimi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Endi O‘zbekistonda yashovchi har bir kishi bankka bormasdan ham chet eldan «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarini qabul qilib olishi mumkin. Kelgusida ushbu amaliyotni boshqa pul o‘tkazish tizimlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

«Menga pul o‘tkazmalarini Visa kartasida olishning soddaligi va qulayligi juda yoqdi.O‘tkazma shu vaqtning o‘zidayoq mening Visa kartamga kelib tushadi va men uni zarur vaqtlarda «Ipak Yo‘li» bankining istalgan bankomatidan naqd qilib olishim mumkin», - deydi ushbu xizmatdan birinchilardan bo‘lib foydalangan Namangan filiali mijozi Rahmat Muhammadjon.

Pul o‘tkazmasini jo‘natuvchi shaxs F.I.Sh va qabul qiluvchining telefon raqamini kiritadi. Qabul qiluvchi bank mobil ilovasining «Boshqalari» («Procheye») bo‘limida «Zolotaya Korona o‘tkazmalari» («Perevody Zolotaya Korona»)ni bosadi. O‘tkazmani qabul qilish uchun mijoz kerakli maydonlarni to‘ldiradi: F.I.Sh, o‘zining bank kartasi rekvizitlari, CVC2/CVV2 kodi va kartaga o‘tkaziladigan mablag‘ni darhol qabul qilib oladi.

«Biz bank mahsulotlarini masofaviy kanallar orqali berishga alohida e'tibor karatyapmiz, chunki bu zamon talabi. «Ipak Yo‘li» banki pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi banklar beshligiga kiradi va o‘z mijozlarimiz uchun yana yangi qulayliklarni yaratish istagidamiz», - deydi Chakana biznes departamentining joriy faoliyatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Zumrad Nazarova.

ESLATMA:

«Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarini qabul qilib olish uchun 3 qadam:

1. Telefoningizda Ipak Yo'li Mobile mobil ilovasini o‘rnating va ro‘yxatdan o‘ting;

2. Mobil ilova yordamida Visa kartaga mablag‘ o‘tkazing;

3. «Ipak Yo‘li» bankining keng bankomatlar tarmog‘i orqali Visa kartangizdagi pulni yechib oling.

Reklama huquqi asosida

Top