2022 yil 13 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) va "Ipak Yöli" AITB örtasida Özbekiston xususiy sektorida savdoni moliyalaştiriş böyiça kömaklaşiş, şuningdek, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş böyiça şartnoma imzolandi.

Moliyaviy institutlar orasida ilk marotaba amalga oşirilayotgan mazkur şartnoma Özbekiston Respublikasi hukumati va ITFC örtasidagi qiymati 500 mln AQŞ dollariga teng doiraviy bitim asosida amalga oşirilgan bölib, şundan qiymati 15 mln AQŞ dollariga teng mablağlarni şariat tamoyillariga muvofiq Bank xususiy sektordagi mijozlarining ösib borayotgan talabini qondiriş uçun savdoni moliyalaştirişga yönaltiradi.

"Ipak Yöli Banki bilan tuzilgan mazkur şartnoma Özbekiston xususiy sektorida şariatga muvofiq savdoni moliyalaştirişdan foydalanişni osonlaştirişga yönaltirilgan harakatlarimizni qöllab-quvvatlaydi. Biz a’zo mamlakatlarimiz va asosiy hamkorlarimiz savdoni kengaytiriş orqali iqtisodiy ösişga intilayotganda ularning savdoni rivojlantiriş muammolarini hal qiliş uçun möljallangan kompleks savdo yeçimlarini taklif qilişga sodiq qolamiz", - deya ta’kidlab ötdi ITFC direktori, janob Xani Salem Sonbol.

Öz navbatida, Ipak Yöli Banki boşqaruvi raisi Saidabror Saydahmedov quyidagilarni ta’kidladi: "Biz ITFC bilan özaro manfaatli hamkorligimizni yölga qöygan ilk şartnomamizni imzolaşdan mamnunmiz. Mablağlar Özbekistondagi mikro, kiçik va örta biznes korxonalarini moliyalaştirişga yönaltiriladi, bu esa mamlakatdagi bunday kiçik va örta biznes sub’yektlar örtasida islomiy moliyaviy xizmatlardan xabardorlik darajasining ortişiga xizmat qilib keladi".

Xalqaro savdo moliyalaştiriş korporatsiyasi töğrisida ma’lumot (ITFC)

 Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhining a’zosi hisoblanadi. Korporatsiya Islom Hamkorlik Taşkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlar örtasida savdoni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan bölib, bu pirovarida butun dunyodagi xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarini yaxşilaş maqsadiga xizmat qiladi. Öz faoliyatini 2008 yil yanvar oyidan boşlagan ITFC IHTga a’zo mamlakatlarga 66 mlrd AQŞ dollari miqdorida moliyaviy kömak ajratdi va bu uni mazkur a’zo mamlakatlar ehtiyojlari uçun savdo yeçimlari böyiça yetakçi yetkazib beruvçiga aylantirdi. IHTga a’zo mamlakatlarda va undan taşqarida savdoni rivojlantiriş uçun katalizator bölişni maqsad qilgan korporatsiya a’zo mamlakatlardagi tadbirkorlik korxonalariga savdoni moliyalaştirişda kömaklaşadi va ularga savdo bilan boğliq salohiyatni oşiriş uçun zarur vositalarni taqdim etib, jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatga kirişişda yordam beradi.