“Ipak Yöli” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki va Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi (XSRIK), kiçik va örta biznesga alohida e’tibor qaratgan holda, Özbekistondagi xususiy sektor mijozlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondiriş maqsadida moliyalaştiriş liniyasi böyiça yangi kelişuv imzoladi. Kelişuv 2023 yil 12 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Islom taraqqiyot banki guruhining yillik yiğilişida imzolangan.
Kelişuvga muvofiq, XSRIK agentlik kelişuvi – vakala asosida Ipak Yöli Banki tomonidan tavsiya etilgan xususiy sektor loyihalarini murobaha vositasidan foydalangan holda moliyalaştiriş uçun 15 million AQŞ dollari va 5 million yevro miqdorida moliyalaştiriş liniyasini taqdim etadi. Bu mablağlar Özbekistonda xususiy sektorning ösişiga kömaklaşişi va tadbirkorlarga milliy iqtisodiyotni kengaytirişga yordam beradigan qöşimça qiymatga ega loyihalarni yaratiş imkonini berişi kutilmoqda.
Yangi moliyalaştiriş şartnomasi XSRIK va Ipak Yöli banki örtasida 2006 yilda boşlangan mustahkam hamkorlikning dalilidir. Öşandan buyon Bank XSRIK tomonidan taqdim etilgan törtta moliyalaştiriş liniyasini jalb qildi, şulardan oxirgi kelişuv XSRIK kanallarini rivojlantiriş strategiyasiga mos keladi va a’zo mamlakatlarda xususiy sektor loyihalarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga sodiqligini tasdiqlaydi. Uşbu şartnomada qöllangan murobaha instrumenti maşhur islomiy moliya vositasi bölib, tovar yoki aktivlarni tannarxida qöşimça qiymat bilan sotib olişga imkon beradi va bu şariatga muvofiq moliyalaştirişga intilayotgan korxonalar uçun jozibador variant hisoblanadi.
Reklama
















