«Ipak Yöli» banki ketma-ket uçinçi yil Özbekiston Respublikasida savdoni moliyalaştiriş sohasida Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan yetakçi hamkor bank deya tan olindi. Osiyo Taraqqiyot banki bilan “Savdo va yetkazib beriş zanjirini moliyalaştiriş” (TSCFP) dasturi doirasidagi hamkorlik natijalariga köra, 2021 yil iyunidan 2022 yil iyuniga qadar bölgan davr oraliğida «Ipak Yöli» banki Özbekiston banklari orasida savdoni moliyalaştiriş böyiça eng köp kelişuvlarni amalga oşirdi. 

Foto: Ipak Yöli

«Ipak Yöli» bankining mazkur e’tirofga ketma-ket uçinçi marotaba sazovor bölişi uning savdoni moliyalaştiriş doirasida mijozlarga dokumentar amaliyotlar sohasida xizmatlarini taqdim etiş böyiça Özbekistondagi eng yaxşi bank ekanligini körsatadi. 

Foto: Ipak Yöli

OTB tomonidan mukofotni topşiriş marosimi 2022 yil 6 sentabr kuni Singapurda bölib ötdi, unga xalqaro taşkilotlar (BMT, SWIFT) vakillari va Osiyo mamlakatlaridan köplab boşqa banklar taklif etildi. Ipak Yöli banki tomonidan mukofotni Boşqaruv raisi örinbosari Mirtursunov Davron Şavkatoviç va savdoni moliyalaştiriş bölimi boşliği Bobojonov Şuhrat Atxamoviç qabul qilib oldi.

Bugungi kunda «Ipak Yöli» banki innovatsion yeçimlarni taklif etiş orqali savdoni moliyalaştiriş böyiça öz mahsulotlari qamrovini kengaytirişda davom etmoqda va bu orqali mijozlarini xizmatlarining sifati, hamyonbopligi va tezkorligi bilan quvontirib kelmoqda!

Reklama