14:54 / 15.07.2019
10391
Reklama

Payme 2.0: takomillashtirilgan interfeys, uchta til va fonni o‘zgartirish funksiyasiga ega bo‘lgan ilovaning yangi versiyasi taqdim etildi

Bir nechta rang-barang fon, xohishga ko‘ra tanlash uchun uchta til va dastur orqali joylarda tezkor to‘lov: O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov-servis provayderi yangi Payme 2.0 versiyasini taqdim etdi. Ko‘plab yangi xususiyatlar va takomillashtirilgan interfeysga ega katta “Update” iyul oyida to‘liq foydalanishga chiqarildi va to‘lov tizimlari bozorida o‘ziga xos yangilik bo‘ldi.

Payme 2.0 versiyasi oddiy yangilanishdan ko‘ra ortiqroqdir. Odatdagi o‘zgarishlar uncha ko‘zga ko‘rinmaydi va faqat dasturning operatsion qismi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo bu safar hammasi mutlaqo boshqacha: Payme mutaxassislari dasturning interfeysini tubdan o‘zgartirdilar, dizaynerlar esa shrift va tugmalar uchun yangi yechimlarni taklif qildilar.

Oddiy foydalanuvchilar uchun dasturni qulay qilish maqsadida kompaniya UX-sinovlaridan foydalanishga qaror qildi. UX-sinovlari bu o‘zi nima? Aslida, barchasi oddiy: yangi dastur ishlab chiqilganidan so‘ng, u siz va biz kabi Payme ilovasining oddiy foydalanuvchilariga sinov uchun berildi. Ulardan bir nechta amallarni bajarish so‘raldi, masalan, yo‘l qoidabuzarligi jarimasini to‘lash yoki mobil telefon hisobini to‘ldirish. Foydalanuvchilar kerakli tugmachalarni qanchalik tez topib olganliklarini, qaysi paytda qiyinchiliklarga duch kelganlari va qaysi paytda juda ko‘p harakatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri kelganliklari butun jarayonni suratga olgan kameralar yordamida aniqlandi. So‘ng, natijalar birlashtirildi, tahlil qilindi hamda ishlab chiqaruvchilarga topshirildi. Ular, o‘z navbatida ilovani hozirgi ko‘rinishga keltirdi va foydalanuvchi harakatlarini hisobga olgan holda har bir tugmani hamda funksiyani takomillashtirdilar.

Natija barcha taxminlardan ham samarali bo‘ldi: Payme 2.0 versiyasi iOS va Androidga mukammal ravishda moslashtirildi va yangi qiziqarli xususiyatlarga ega bo‘ldi:

  • Payme uch tilda, ya'ni o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etildi.
  • Endi ilova fonini o‘z uslubingizga mos tasvir orqali o‘zgartirishingiz mumkin.
  • Interfeys ancha yengillashdi: endi, pul o‘tkazish yoki xizmatlarni to‘lash uchun siz ikki marotaba kamroq amallarni bajarishingiz kerak.
  • Asosiy ekranning «scrolling» funksiyasi tufayli, endi kartadan kartaga pulni yanada tezroq o‘tkazish imkoniyati, saqlab qo‘yilgan hisoblarni to‘lash va joylarda to‘lovlarni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ldi.
  • To‘lovlar monitoringi va saqlab qo‘yilgan hisoblarni ko‘rish yangi versiyada yanada osonlashdi – shunchaki tepaga yoki yon tomonga o‘tkazsangiz bas.

Joylarda to‘lovlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi: Payme GO funksiyalari va QR orqali to‘lovni bajarish endi asosiy ekranda joylashgan – bu esa, ularni yordamida to‘lovlar endi chindan ham bir zumda amalga oshirilishini anglatadi. Bu hali hammasi emas: geolokatsiya yoqilgan holda, dastur siz turgan (joylashgan) muassasasini ko‘rsatadi – endi “Joylarda to‘lov” funksiyasi yordamida to‘lash uchun uni ro‘yxatda qidirishingiz shart emas.

Va, albatta, foydalanuvchilar orasida ommabop bo‘lib qolgan xizmatlar, ya'ni davlat xizmatlari, jarimalar, mobil va shahar telefon raqamlari hamda Internet uchun to‘lovni amalga oshirish funksiyalari joyida qoldi va yanada qulayroq bo‘ldi. Hali ham dasturda bir nechta kartalarni ulash va har birining xarajatlarini qulay boshqarish hamda kartalarning ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin.

Yangi versiyani ikki bosishda quyida: payme.uz/getapp yuklab olish mumkin. Uni sinovdan o‘tkazish nafaqat Payme foydalanuvchilariga, balki boshqa ilovani ishlatgan, ammo unda kerakli funksiyalarni topa olmagan foydalanuvchilarga ham qiziq bo‘ladi. 

Payme jamoasi juda katta ishlarni amalga oshirdi, dasturni ishlab chiqishga ancha vaqt sarflandi. Ketgan vaqt bunga arziydi: yangi versiyani sinab ko‘rganlar ijobiy baho berishmoqda – ishlash uchun qulayroq bo‘ldi, endi fonni o‘zgartirib, ilovani ko‘rinishini chindan ham noyob qilish mumkin, barcha kerakli tugmalar qo‘l ostida!

Va eng muhimi – bu Payme'ning birinchi keng miqyosda yangilanishi. Jamoada allaqachon O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov xizmatlari servisining keyingi “apgreydlari” uchun yangi g‘oya va noodatiy yechimlar bor. Payme kompaniyasining asosiy maqsadi esa nafaqat birinchi bo‘lish, balki mamlakatda onlayn to‘lovlarni rivojlantirish uchun barcha kerakli amallarni bajarishdir. Va Payme jamoasi hozircha buni ajoyib tarzda uddalamoqda!

Ilovani quyidagi havola orqali o‘rnatish yoki yangilash mumkin: payme.uz/getapp

Tunu-kun ishlovchi qo‘ng‘iroqlar markazi: +998712000205

Reklama huquqi asosida

Top