08:00 / 05.08.2019
218335

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 5 avgustdan qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqqan.

Davlat rahbarining ta'tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir sifatida 14 yil va Prezident lavozimida qariyb 3 yillik faoliyati davrida ilk marta rasman mehnat ta'tiliga chiqmoqda.

Mavzuga oid
Top