9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:32 / 09.08.2019 7145

Crafers qandolat fabrikasi Halol sertifikatidan o‘tdi

Qurbon Hayiti arafasida ajoyib yangilik – endi Crafers qandolat fabrikasi Halol sertifikatiga ega.

Halol sertifikati – bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan barcha xom-ashyolar (qo‘shimchalar va maxsus mahsulotlarlar), shuningdek ishlab chiqarish fabrikasining o‘zi, asbob-uskunalari, ish yuritish (biznes) usuli va tayyor mahsulotlari halollikning barcha talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Crafers qandolat fabrikasi tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tib, mavjud barcha mahsulotlar turlari uchun Halol sertifikatiga ega bo‘ldi, bu esa «Mahsulotlar ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga bo‘lgan Halol 3:2016 umumiy standarti» talablariga javob berishini tasdiqladi. 

Halol sertifikatiga ega bo‘lish zamirida uzoq va mashaqqatli mehnat yotadi. «Xalal Damu» sertifikatlashtirish markazi mutaxassislari ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bilan tanishib, xom-ashyo hujjatlarini tahlil qildilar va barcha namunalarni o‘z laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazdilar.  

Tekshiruv ishlari tugagach, tayyor mahsulotlarning barcha namunalari DUMK qoshidagi «Xalal Damu» MChJ laboratoriyasiga topshirildi. 

Barcha tadbirlarni o‘tkazilgandan so‘ng, hozirgi vaqtda qanday mahsulotlar sertifikatga kiritilganligi aniqlandi, ular 155 nomdagi «Crafers» MChJ mahsulotlaridir, ular orasida shokolad, pechene, vafli, zefir, marmelad, jyeleli konfetlar, karamel, krekerlar, shuningdek barcha murakkab konfetlar.

Kelgusida qandolat mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish ishlari ham rejalashtirilgan bo‘lib, ishlatiladigan xom-ashyolar halol talablariga javob beradigan xom-ashyolarga almashtiriladi.

Fabrika ochilganiga bir yil ham bo‘lmaganiga qaramasdan Crafers qandolat mahsulotlari O‘zbekiston iste'molchilari orasida yuqori sifatli mahsulot sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Sertifikatning mavjudligi qo‘shni mamlakatlarga ham sotish ishlarini oshiradi, shu bilan birga, musulmon davlatlaridagi bozorlarda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun keng imkoniyatlarni ochadi.

– «Halol sertifikatiga ega bo‘lish nafaqat O‘zbekistondagi halol mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, balki uni yanada ko‘proq mamlakatlarga, shu jumladan Yevropaga ham eksport qilish ishlarini ko‘paytirishini anglatadi. Yevropaliklar uchun halol belgisi, o‘zining sifat belgisi bilan ajralib turadi. Shuningdek, biz uchun qo‘shimcha tarzda, Islomning kuchli madaniyati va oziq-ovqat mahsulotlar talablariga muvofiqligi tekshiriladigan Sharq va Osiyo bozorlarining eshiklari ham ochilmoqda», – dedi, Crafers direktori Azizxon Amilov. 

Bundan tashqari, oldinroq, 2019 yil may oyida, Crafers qandolat fabrikasi ISO 9001:2015 «Sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan talablar» va ISO 22000:2005 «Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi» xalqaro standartlariga muvofiq sertifikatlash auditidan muvaffaqiyatli o‘tganligini va muvofiqlik sertifikatini olganligini haqida ma'lum qilamiz.

Sayt: www.crafers.uz

Facebook: fb.com/CrafersUz

Instagram: @crafersuz

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top