11:39 / 09.08.2019
21998
Reklama

O‘zbekistonda «aqlli traktorlar»: innovatsion yondoshuv, ilg‘or texnologiya va yuqori natija!

Bugungi kunda AQSh qishloq xo‘jaligi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Yangi innovatsion yechimlarning tatbiq etilishi, sohadagi ilg‘or yangiliklar, maxsus ta'lim imkoniyatlari, shuningdek, davlatning maqsadga yo‘naltirilgan siyosati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitini yaratish fermerlarga kamroq xarajat va mehnat orqali ko‘proq hosil olish imkonini beradi. 1982 yildan boshlab AQShdagi qishloq xo‘jaligi samaradorligi qariyb 50 foizga ortdi.

Barcha mezonlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi hozirgi kunda Amerikaning eng yirik biznes tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aynan AQShda mamlakat iqtisodiyotining ulkan ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan maxsus ibora – «agrobiznes» paydo bo‘ldi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda mazkur sohani yetakchi tarmoq sifatida keng rivojlantirish uchun nima kerak?

Ayni damda O‘zbekiston hukumati hayotning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish zarurligini qayd etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5708-sonli Farmonining ijrosini ta'minlash uchun sohada qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni damda qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnika va yangi texnologiyalarni qo‘llash, aqlli qishloq xo‘jaligi (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish ustuvor maqsadlardan biridir. Shu sababli, turli xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda mamlakatga innovatsion texnologiyalarni olib kirish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.

Amerikaning gigant kompaniyasi O‘zbekistonda!

Agro sanoatni rivojlantirishda eng asosiy omil – zarur va sifatli texnikadan foydalanishdir. Endilikda qishloq xo‘jaliklari texnikasini ishlab chiqarishda dunyoda birinchilardan bo‘lgan John Deere  mahsulotlari O‘zbekistonda 2017 yildan beri Landtech rasmiy dilerlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda. Biroq aynan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab olib borilgan keng ko‘lamli islohotlardan so‘ng, innovatsion texnologiyalarga talab sezilarli darajada ortdi. Mahalliy bozorga kirib kelganiga bor-yo‘g‘i ikki yil bo‘lgan bo‘lsa ham kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

John Deere (Deere & Company) – qishloq xo‘jaligi, o‘rmonsozlik, qurilish, irigatsiya, bog‘dorchilik texnikasi, traktorlar, yirik kombayn mashinalari, ekskovatorlar, paxta terish mashinalari va boshqa ko‘plab texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya shuningdek, katta xajmli avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi.  Bosh ofis AQShning Illinoys shtati, Molin shahrida joylashgan. John Deere – bu texnika yaratishda mijozlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan uskunalar va ishonchli xizmat belgisidir.

Yangi xizmat ko‘rsatish markazlari

Kompaniya nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning turli viloyatlarida ham o‘z servis markazlarini ochishni maqsad qilgan. Xususan, 2020 yildan boshlab Jizzah, Andijon, Qarshi shaharlarida jahon standartlariga mos keladigan servis markazlari ochiladi. 2021 yilga kelib esa Buxoro, Samarkand va Surxondaryo viloyatlarida servis markazlari ochilishi rejalashtirilmokda. U yerda kompaniya xodimlari hamda shu sohada tahsil olgan talabalar, shuningdek, mahalliy texnikaga qiziqqan yoshlarni o‘qitib, yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Landtech kompaniyasi joriy yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  hamda Toshkent Davlat Agrar universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan.

Agrotexnika bozoridagi ustunlik siri

John Deere’ning afzal jihati – texnikaga “AMS System” sun'iy yo‘ldosh aloqalarini o‘rnatish orqali aniq dehqonchilik tizimiga egaligidir. Texnika avtomatik rejimda maydonga ishlov berishi mumkin, uskunalarning ishlash jarayonidagi barcha holatlarni masofadan turib kuzatib borish imkoni mavjud.

Shuningdek, kompaniyaning boshqa qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqaradigan korporatsiyalardan farqi, har bir uskunani terish, hattoki, kichik ehtiyot qismlarigacha kompaniyaning o‘zida ishlab chiqariladi. Ya'ni boshqa kompaniyalardan qo‘shimcha detallar sotib olinmaydi.

Landtech kompaniyasi John Deere mahsuloti harid qilinganda butun kompleks montaj, konsultatsiya va ta'mirlash xizmatlarni taqdim etadi. Sotib olingan har bir mashinalar masofaviy monitoring orqali “JDLink” dasturi orqali doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Agarda texnika ishida qandaydir nosozliklar kuzatilsa, albatta, mijoz bu haqida ogohlantiriladi.

Sanoatdagi ishonchli hamkorlik

John Deere mahsulotlariga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qator kompaniyalar orasida ham talab katta. Xususan, yurtimizdagi kartoshka ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri – “Agrover” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham sifatli kartoshka mahsulotini yetishtirib va kayta ishlab chikaruvchi John Deere mashinalaridan foydalanib kelmoqda.

“Biz John Deere kompaniyasi bilan olti yildan buyon hamkorlik qilamiz. Avvaliga biz ulardan beshta texnikani sinov tariqasida harid qildik va ular yaxshi natijani ko‘rsatdi. Keyin 2018 yilda o‘z parkimizni kengaytirishga qaror qildik va 35 ta John Deere traktorlarini olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shuningdek, yana 5ta hosil teruvchi kombayn mashinalari harid qilindi. Hozirda bizning qaramog‘imizdagi barcha John Deere texnika mahsulotlaridan samarali foydalanib kelmoqdamiz. Hattoki, kafolat muddati tugaganiga qaramay, kompaniyaning servis xizmati biz bilan doimiy aloqada bo‘lib, istalgan muammolarni, nosozliklarni hal etishda yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Biz kompaniya bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz”, - deydi Timur Xolmuhamedov, “Agrover urug‘chilik” kompaniyasi bosh muhandisi.

Kompaniya haqida qiziqarli faktlar

John Deere kompaniyasi 1837 yilda AQShda ochilgan va ayni damda Amerikaning eng yoshi ulug‘ kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kichik xususiy korxona bo‘lib ish boshlagan Deere & Company bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab ish olib boradi va 63 000 ortiq kishilik shtatga ega.

Kompaniya o‘z faoliyatini boshlagan kundan boshlab quyidagi prinsip orqali ish yuritadi: ish va yangiliklarga haqqoniylik, sifat, sodiqlik.

John Deere texnikalarni ishlab chiqarayotganda butun dunyo bo‘ylab o‘z buyurtmachilarini ehtiyojlari va istaklarini qat'iy o‘rgangan holda innovatsion yangiliklarni yaratadi. Bunday yondoshuv katta raqobatga ega bozorda turli toifadagi mijozlarni saqlab qolishga yordam beradi.

Deere & Company korporatsiyasi «Fortune» jurnalining reytingi bo‘yicha, dunyoning 100 eng yaxshi yengil sanoat kompaniyasi qatoriga kiradi. John Deere mahsulotlari  jahonning 75 mamlakatlarida ishlab chiqariladi. Deere & Company yillik aylanmasi 39 milliard dollardan oshadi. Har yili Deere & Company ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun 1,5 million yevro sarmoya kiritadi.

John Deere bilan muvaffaqiyatli biznes tomon

«Narx-sifat» – dehqonlar istagi aslida shu emasmi? Biroq bulardan biri uchun mablag‘ni tejab qolishga urinadigan ishlab chiqaruvchilar oqibatda ikki barobar haq tulashga majbur bo‘lishadi. Donolar aytganidek, «har kim o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi». Siz esa jahon tan olgan sifatdan uzoqlashmang, o‘z biznesingizni ishonchli texnikalar, innovatsion yondoshuvlar orqali rivojlantiring.

Reklama huquqi asosida

Top