9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:57 / 14.08.2019 5045

Hindistonda toshqin va yomg‘irlar 270dan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto : REUTERS / SIVARAM V

O‘tgan ikki hafta ichida Hindistonning turli hududlarida musson yomg‘irlari va suv toshqinlari oqibatida 270dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Avvalroq 230 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangani xabar qilingandi.

Musson yomg‘irlari mavsumida eng ko‘p talofat ko‘rgan shtatlar Karnataka, Maxarashtra, Gujorat va Kerala bo‘ldi. 

Telekanalning ma'lumot berishicha, Keralada kamida 95 kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan

Top