22:23 / 20.08.2019
17244

Daniya qirollik oilasi a'zolari Grenlandiya sotilishi mumkinligini aytishdi 

Daniya qirollik oilasi a'zolari AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya orolini sotib olish bo‘yicha taklifini orol uchun maqtov hisoblanishini va orol aholisi istasa uning sotilishi mumkinligini aytishdi. Bu haqda Newsweek yozdi.

Bunday fikrni Daniya qirolichasi Margrette II’ning kelini – malika Antoniya Shaumburg-Lippe bildirgan va “bunday takliflar faqat orzu qilingan hududlar”gagina bildirilishini qo‘shimcha qilgan.

“Grenlandiya xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi kerak”, deb aytgan malika. 

Uning o‘g‘li – shahzoda Mario Maks Shaumburg-Lippe esa Daniyaga qarashli ushbu orolni yaxshi ko‘rishini va uning aholisi “baxtli bo‘lishi”ni istashini aytgan.

“Ular qanday qarorga kelsalar ham, ularni qo‘llab-quvvatlash kerak”, deb aytgan shahzoda. 

Avvalroq Tramp o‘z atrofidagilar bilan orolning sotib olinishi imkoniyatini muhokama qilgani ma'lum qilingandi. Biroq Daniya hukumati bunga javoban orol sotilmasligini aytgan.

Bu orada rossiyalik mutaxassis Konstantin Ordov orolni 10 trln dollarga baholagandi.

Mavzuga oid
Top