19:52 / 26.08.2019
69648

Tarixiy selfi – O‘zbekiston prezidenti jurnalist va blogerlar bilan selfiga tushdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali ochilish marosimi oldidan 40dan oshiq davlatdan kelgan 100dan ortiq blogerlar va mahalliy jurnalistlar bilan uchrashdi.

«Sizlar bilan qadimgi sivilizatsiya beshigi bo‘lgan Samarqandda uchrashib turganimdan xursandman. Sizlar O‘zbekiston qanday buyuk tarixga ega ekanligini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rasiz va bu haqda butun dunyoga yetkazasiz. Buning uchun sizlarga rahmat. 

Eng asosiysi, ko‘p gapirish, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin, lekin O‘zbekiston keyingi vaqtda dunyoga ochilayotgani va butun dunyoga haqiqatni ko‘rsatayotganiga o‘zingiz guvoh bo‘lmoqdasiz. Bizning maqsadimiz xalqqa xizmat qilish, xalqning farovonligini oshirish. 

Mamlakatimizdagi islohotlarni, madaniyatimiz, tarixiy obidalarimizni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o‘rni katta ekani ta'kidlandi.

«Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O‘zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta'minlash. Bunga sizlar ham hissa qo‘shasizlar deb ishonaman», - dedi Prezident. 

«Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi», - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqot so‘ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Top