21:05 / 28.08.2019
8247

Tramp Alyaska o‘rmon qo‘riqxonalaridagi daraxtlarni kesishga ruxsat bermoqchi

Foto : AP/ Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp qishloq xo‘jaligi vaziri Sonni Perdyuga Alyaskadagi Tongass milliy qo‘riqxonasi o‘rmonlarini kesishga bo‘lgan taqiqni bekor qilishga topshiriq berdi. Bu haqda Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Maydoni 6,6 mln gektarga yaqin o‘rmonlarni kesishga bundan qariyb 20 yil avval taqiq qo‘yilgandi.

Nashrning qayd etishicha, Tramp "o‘rmon xo‘jaligini boshqarish" bilan shaxsan qiziqib qolgan.  

Agarda taqiq olib tashlansa, dunyodagi eng yirik bo‘lgan, hech kimning qo‘li tegmagan o‘rmonning yarmidan ortig‘i kesilishi mumkin.

Top