14:32 / 05.09.2019
7
121551
Samarqandda sobiq «Umarbank» asoschisi Umar Rajabovga sud hukmi o‘qildi
Foto: KUN.UZ

2019 yil 4 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar Olim Rajabov (1963 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), Ruslan Rajabov (1988 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), Shavkat Obloqulov (1973 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan), Miralam Odilov (1964 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) va Fayzullo Fayziyev (1968 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning xabar qilishicha, jinoyat ishi JIB Samarqand shahar sudi sudyasi Z.Axmedova raisligida ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmiga ko‘ra:

Olim Rajabov O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. U 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ruslan Rajabov O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Ruslan Rajabov 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shavkat Obloqulov O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sudlanuvchi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Miralam Odilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. U 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Fayzullo Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sudlanuvchi 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchilar tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi ko‘rsatildi. Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top