Samarqand viloyat hokimligida huquqni muhofaza qiliş organlari viloyat bölimlari rahbariyati va sud raislari iştirokida OAV xodimlari uçun matbuot anjumani ötkazilmoqda. Unda viloyat miqyosidagi köplab muammoli holatlarga oydinlik kiritildi.

Samarqand viloyat prokurori örinbosari Sirojiddin Usmonov xalq orasida «Umarboy» deb tanilgan Olim Rajabov fuqarolarga qança miqdorda zarar yetkazgani haqida gapirdi. Prokuratura mulozimining aytişiça, Olim Rajabov «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» nomli MÇJ oçgan va Samarqand şahrining qator yerlarida köp qavatli uylar qurgan.
Ma'lum bölişiça, Dahbed va Mironşoh köçalarida köp qavatli uylar qurgan Olim Rajabov fuqarolardan 50 milliard 578 million söm miqdorida mablağni talon-toroj qilgan (ya'ni şunça miqdorda noqonuniy qurilgan uylarni sotgan). MIB tomonidan Olim Rajabovga tegişli 20 milliard 600 million sömlik mol-mulk musodara qilingan.











