13:56 / 11.09.2019
6
11242

Ayrim metro bekatlarida o‘rnatilgan bankomatlar ishlamayapti. Markaziy bank izoh berdi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Banklar assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirokida “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda metrolar va shaharning ayrim joylarida o‘rnatilgan bankomatlarning ishlamasligi, bu borada kim mas'ul ekani va uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida qanday choralar ko‘rilayotgani to‘g‘risida savolga shunday javob qaytarildi:

«Bugungi kunda 600 dan oshiq bankomat 24/7 rejimida ishlaydi. Hali ishga tushirilmagan, lekin o‘rnatilgan bankomatlarimiz soni ham ancha. Metrolarda bankomatlarning ishlamasligi texnik sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya'ni, aloqa kanallari o‘rnatish ishlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz va bu borada metropoliten bilan hamkorlikda choralar ko‘rilmoqda. Lekin alohida ta'kidlab aytaman, savdo markazlari va bank yaqiniga o‘rnatilgan barcha bankomatlar kechayu-kunduz ishlab turibdi.

Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida markazlashgan monitoring tizimi o‘rnatilyapti. Unda har bir o‘rnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi», — dedi Markaziy bank to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori Dilshod Ikromov.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top