Kun.uz tahririyatiga Samarqand Davlat universitetining «Jismoniy madaniyat» fakultetining Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yönalişi) böyiça ötkazilgan kiriş imtihonlaridan norozi 14 nafar abituriyentdan murojaat kelib tuşdi.

Imtihonlarning yakuniy natijasini çiqarişda adolatsizlikka va taniş-bilişçilikka yöl qöyilganini ta'kidlagan qizlarning vajini örganiş uçun jurnalistik suriştiruv ötkazildi.

Ma'lum bölişiça, uşbu yönalişiga 15ta davlat granti, 35ta tölov-şartnoma asosida jami 50ta örin ajratilgan. 253 kişi ariza topşirgan. Kiriş uçun faqat ijodiy imtihonlar — sport sinovlari uç kunda, 31 iyul, 3 avgust va 7 avgust kunlari uçta blok böyiça ötkazilgan. Sinovlar ötgan kunning ertasigayoq natijalar Qabul komissiyasida ilib borilgan. Qizlar sinov natijalarini qöşib, kim neça ball töplaganini hisoblab borişgan va özlarining hisob-kitoblariga köra, ularning ayrimlari grant, köpçiligi kontrakt asosida öqişga kirişi kerak bölgan.

Biroq, oradan kunlar ötib, 3 sentabr kuni çiqarilgan yakuniy jadvalda ayrim dugonalaridan taşqari, ularning birortasi öqişga kirmagani ma'lum bölgan. Çunki sinovlarda past ball olgan abituriyentlarning 2-blok böyiça töplagan ballari oşirib qöyilgan.

Bizga ma'lum qilişlariça, ular Qabul komissiyasiga buning sababini sörab murojaat qilişganida «özingning baling töğrimi, boşqalarniki bilan işing bölmasin», degan javobni berişgan.

Qayd etiş lozimki, faqat 2-yönaliş — Gimnastika sport turi böyiça ötkazilgan sinovlar ballari özgartirilgan. 1-blok — Yengil atletika va 3-blok — Sport öyinlarinikiga teginilmagan.

Öqişga kirolmagan abituriyentlar suratga tuşirib yurgan sinov natijalariga e'tibor beramiz. Körib turganingizdek, 31 nafar abituriyentning ballarida farq bor.