Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchilari eng yuqori ball to‘plagan top-10 maktab ma’lum qilindi
Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘quvchilari o‘rta hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Bu yilgi natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi egalladi.
Reyting natijalariga ko‘ra, kuchli o‘nlik quyidagicha shakllandi:
1. Xorazm viloyati Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi — 178,8 ball (6 abituriyent);
2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri) — 178,39 ball (34 abituriyent);
3. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri) — 175,03 ball (34 abituriyent);
4. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo, Qarshi shahri) — 174,29 ball (29 abituriyent);
5. Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Farg‘ona viloyati) — 173,48 ball (10 abituriyent);
6. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Buxoro viloyati) — 172,23 ball (61 abituriyent);
7. Gimnastika bo‘yicha Respublika sport maktabi (Toshkent shahri, Yunusobod tumani) — 170,69 ball (10 abituriyent);
8. Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Sirdaryo viloyati) — 169,98 ball (42 abituriyent);
9. Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani) — 168,91 ball (38 abituriyent);
10. 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Navoiy shahri) — 167,91 ball (60 abituriyent).
2024 yilda respublika reytingida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (176,28 ball) birinchi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (161,65 ball) ikkinchi, undan keyin esa Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Qodiriy kabi ijod maktablari top o‘ntalikni band qilgan edi.
Mavzuga oid
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
15:15 / 23.12.2025
Rossiyada universitetlardagi 45 ming pulli o‘rin qisqartiradi
09:53 / 11.12.2025