19:19 / 18.09.2019
0
5332

Ispaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyot dengizga qulab tushdi

Ispaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyot mamlakatning Mursiya provinsiyasi sohiliga yaqin joyda dengizga qulab tushdi. Bu haqda mahalliy tez yordam xizmati o‘z tvitterida ma'lum qildi.

"San-Xaver munitsipalitetidan uncha uzoq bo‘lmagan Mar Menor sohiliga Ispaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyot qulab tushgani haqida o‘nlab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Voqea joyiga qutqaruv xizmati xodimlari jo‘nab ketgan.

Samolyot bortida necha kishi bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q. Mahalliy Verdad gazetasining yozishicha, samolyot harbiy-dengiz kuchlari akademiyasiga tegishli bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top