21:10 / 23.09.2019
0
30296

Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2017 yil dekabridan buyon Hisob palatasi raisi o‘rinbosari edi.

Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. Undan avval esa - 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Undan oldinroq O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

Bundan avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir To‘xtamishovich Turabov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top