Mehriddin Abdullayev Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga örinbosar bölgan.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoniga köra, Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromovning örinbosari etib tayinlagan.

Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan. Undan avval esa - 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini-özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari sifatida işlagan. Undan oldinroq Özbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijroçi direktori sifatida faoliyat körsatgandi.
















