11:24 / 02.10.2019
0
28567

Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati to‘ldirildi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining I bo‘limi quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirildi:

“20. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi”.

Hozirga qadar I bo‘lim (Vazirliklar) ro‘yxati quyidagicha edi:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top