Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

Illyustrativ foto
DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1989 yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan N.I. 6 kg. 318 gr. «gashish» giyohvandlik moddasini Farg‘ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida qo‘lga olindi.
DXX matbuot xizmatining xabar berishicha, N.I. Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga borib, tanishlaridan mazkur giyohvand moddani 13200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, shundan 2000 AQSh dollarini ularga beradi va og‘uni Andijon viloyati hududida qabul qilib olganidan so‘ng, yana 3000 AQSh dollari berib yuborishini, pulning qolgan qismini esa giyohvandlik moddasini sotganidan so‘ng berishini aytadi.
Oradan ma'lum vaqt o‘tgach N.I. hamtovog‘i, 1985 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Sh.M. orqali 2900 AQSh dollarini qirg‘izistonlik tanishlariga berib yuboradi.
Shundan so‘ng, kontrabanda yo‘li bilan Andijon viloyati hududiga olib kirilgan «gashish» giyohvandlik moddasini qabul qilib oladi.
Bundan tashqari, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbiri jarayonida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 1981 y.t. N.G‘., 1982 y.t., M.Q. va Asaka shahrida yashovchi, 1982 y.t. S.T. qo‘lga olinib, ulardan jami 616 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi olindi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

10:16 / 10.07.2025