Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston transport vaziri loyiha doirasida subpudrat ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy temiryo‘llari davlat korporatsiyasi bosh direktori Syude Sun va Xitoy taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi xorijiy investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jin Sin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar, jumladan, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarning bugungi holatini muhokama qildi, shuningdek, ushbu bosqichda yuzaga kelayotgan masalalarga ham to‘xtaldi.
Ilhom Mahkamov loyiha doirasida subpudrat ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. U O‘zbekistonning milliy xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish maqsadga muvofiqligini, uning fikricha, bu loyiha samaradorligini oshirish va mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish hajmining o‘sishini va transport oqimlarining faol rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida Qashg‘ar stansiyasiga eksport stansiyasi maqomini berishni tavsiya qildi, bu esa yo‘nalishning logistika funksionalligini kengaytiradi va uning raqobatbardosh ustunliklarini mustahkamlaydi.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» loyihasi umumiy uzunligi 532,53 kilometr bo‘lgan temiryo‘l liniyasi hisoblanadi.
U Xitoy va O‘zbekiston temiryo‘llarini Qirg‘iziston hududi orqali bog‘laydi. Loyihaning maqsadi yangi «Ipak yo‘li» transport tizimining bir qismi sifatida Yevropa temiryo‘l tarmog‘i bilan bog‘lanishdir. Yo‘nalish Xitoyning Qashqar shahridan Torugart nazorat-o‘tkazish punkti, Arpa vodiysi (Farg‘ona tizmasi), so‘ngra Qo‘shtepa, Makmal qishloqlari va Jalolobod shahridan O‘zbekistonga o‘tadi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026