Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra öqituvçisi özining mansabdor tanişlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 4000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa Farğona davlat universitetining kafedra öqituvçisi öz xizmat mavqeyidan foydalanib, yuqori lavozimda işlovçi hamkasblari orqali Farğona şahrida yaşovçi fuqaroni boks böyiça darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3800 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va içki işlar organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur öqituvçilarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.