Andijon viloyati Soliq boşqarmasining Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş – xizmat körsatiş bölimi boş inspektori qölga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

U mansab mavqeidan foydalanib, Oltinköl tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJ tomonidan soliq va yiğimlar böyiça topşirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi töğri aks ettirilmagani natijasida MÇJga juda köp miqdorda soliq hisoblanişi hamda soliq tekşiruvi ötkazilişini aytadi. 

Söngra Soliq boşqarmasidagi hamkasblari orqali uşbu tekşiruvni ötkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3000 AQŞ dollari talab qiladi va muqaddam MÇJ ta’sisçisidan 500 AQŞ dollari oladi. 

U qolgan 2500 AQŞ dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boşqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qiliş bölimi boş inspektori Jarqörğon tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJga nisbatan özining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekşiruvi ötkaziş bilan qörqitib, mazkur tekşiruvni amalga oşirmaslik evaziga MÇJ rahbaridan 2500 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Hozirda uşbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.