12:28 / 30.10.2019
9
26609
O‘zXDPdan bosh vazirlikka nomzodni so‘rov ishtirokchilarining 60 foizdan ziyodi yoqlamoqda

Telegram’dagi Insider.uz kanalida joriy yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov natijalariga ko‘ra parlamentda yuqori o‘rin egallagan partiya tomonidan bosh vazirlikka ilgari surilishi e'lon qilingan nomzodlarni tanlash borasida anonim so‘rov o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Kun.uz nashri yoritgan natijalarga ko‘ra, bosh vazirlikka ilgari surilishi e'lon qilingan O‘zbekiston XDP nomzodi Ochilboy Ramatovga umumiy so‘rovnoma (3005 kishi) ishtirokchilaridan 37 foizi (1070 kishi) ovoz bergan edi.

Hozirda bu so‘rov yanada ommalashib, oxirgi natijalarga ko‘ra partiya vakili Ochilboy Ramatov nomzodi 67 foiz ovoz to‘plagan. Tahlil qilinsa, bu barcha javob variantlari umumiy sonidan ikki barobar ko‘p ovozga to‘g‘ri kelmoqda, deb yozmoqda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi axborot xizmati.

Soat 11:30 holatiga so‘rovnomada 20,1 ming kishi ishtirok etgan va Ochilboy Ramatovning ko‘rsatkichlari 63 foiz (12664 kishi) bo‘lib turibdi.

Qizig‘i, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hukumat rahbarligiga aniq nomzodini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, ularning sirli nomzodi uchun 1 foiz (266 kishi) ovoz berilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top