Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chipta sotishga ruxsat berildi
Foto: KUN.UZ
Mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotilishiga ruxsat berildi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati xabariga ko‘ra, bu ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarish 2019 yil 8 dekabrdan boshlab amal qiladi. Shu sanadan e'tiboran mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotib olish mumkin bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu muddat bundan avval 45 kunni tashkil qilgan.
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin ekani bildirilgan.
Mavzuga oid
14:11 / 19.01.2026
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:57 / 23.12.2025