Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati IIBB «Chimyon»ga yo‘l olgan haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati
Toshkent viloyati IIBB YHXB “Chimyon“ga yo‘l olgan haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.
Hafta davomidagi ob-havo ma'lumotlariga ko‘ra, respublika hududida yomg‘ir, qor yog‘ishi va sovuq havo harorati kutilmoqda. Bu avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishiga olib keladi.
“Biz barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, ayniqsa tezlik talablariga qat'iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan esa yo‘llarda farzandlarining harakatini nazoratga olishlarini so‘raymiz.
Dovon yo‘lida harakatlanadigan har qanday transport vositasi eng avvalo texnik soz bo‘lishi lozim. Bunda, shinalar va isitish moslamasi, rul boshqaruvi hamda tormoz tizimlariga alohida e'tibor berilishi zarur. Dovon tomon yo‘lga otlangan haydovchilardan o‘zlari va o‘zgalarning xavfsizligi uchun ushbu qoidalarni unutmasliklarini eslatib o‘tamiz. Shundagina tog‘li yo‘llar xatarsiz va ravon bo‘ladi”, - deyiladi viloyat IIBB YHXB ma'lumotida.
Bildirilishicha, qorli yo‘llarda harakatlanish mashaqqati tez-tez uchraydigan xavfli burilishlar, tepalikka chiqish va pastlikka tushishda haydovchi uchun haqiqiy sinov vazifasini o‘taydi. Mana shunday yo‘llarda harakatlanganda “qishga tayyorgarlik”, degan so‘zning asl ma'nosi seziladi. Viloyat hududida qorli kunlarda tog‘larga chiqib, musaffo havodan to‘yib nafas olishni istovchilar soni ham ortadi. Ayniqsa, Bo‘stonliq, Parkent, Angren tumanlarida, xususan Chimyon tog‘ yon bag‘irlarida transportlar qatnovi ko‘payadi. Bu, o‘z navbatida, harakatlanish xavfsizligini ta'minlash, yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirishni talab etadi.
“Shu o‘rinda, haydovchilarimizga ayrim mulohazalarni aytib o‘tmoqchimiz. Kuzatishimizcha, sirpanib tepalikka chiqa olmayotgan aksariyat avtomobillar qish mavsumga tayyorlanmagan. Ko‘pchilik haydovchilar yozgi shinalarni qishkisiga almashtirishmagan. Ayrimlarining shinalari xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan. Bu esa tog‘li yo‘lda, qor yog‘ganda ma'lum qiyinchiliklarni, muammolarni keltirib chiqaradi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB “Chinor” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani dovon yo‘lida joylashgan. Maskanda xizmat olib borayotgan xodimlar bu yerdan o‘tayotgan transport vositalarining haydovchilari bilan suhbatlar o‘tkazib, dovonda harakatlanish tartiblarini tushuntirib borishmoqda. Suhbatlarda alohida e'tibor yuk avtomobillariga qaratilmoqda. Chunki, dovon yo‘lidan tungi vaqtlarda yuk avtomobillari ko‘p harakatlanadi.
Umuman olganda, har bir haydovchi u qaysi yo‘lda harakatlanishidan qat'iy nazar, qish mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi, “Yo‘l harakati qoidalari” talablarini so‘zsiz bajarishi shart. Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash aynan mana shu narsalarga chambarchas bog‘liq ekanligini unutmaylik”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Termizda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi
O‘zbekiston | 16:03
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

14:16 / 25.06.2025