12:00 / 28.11.2019
3
39676

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar soni ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan anjuman o‘tkazildi.

O‘zA’ning yozishicha, OIV infeksiyasiga qarshi kurash va epidemiyaga samarali javob berish davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik, jumladan, fuqarolik jamiyati uchun dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. 

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar soni 41 mingdan ortiq. Ularning 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil etmoqda.

– Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni barcha hamkorlar uchun milliy va mahalliy darajada OITS tarqalishiga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining muhim ahamiyatga ega ekanligini anglash uchun yana bir imkoniyatdir, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Bozorov. – Anjumanda muhokama etilgan masalalar aholining OIV infeksiyasi bilan kasallanishi oldini olish, kasallikni erta aniqlash va uning keng tarqalib ketishiga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish, OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarga oid muammolarni bartaraf etish orqali ularning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytirishga fuqarolik jamiyatlarining hissa qo‘shish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top