14:48 / 02.12.2019
0
2964
O‘zbekiston YaIM kapital bozorining rivojlanishi tufayli qo‘shimcha 2 foizga o‘sishi mumkin

Kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha agentlik taqdimotiga ko‘ra, O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hisobidan prognozdan 2 foizga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlashi mumkin.

Agentlik YeTTB va OTB ko‘magida, BTA hamda ISC maslahatchilari tavsiyalari asosida tayyorlangan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining qisqacha ma'lumotlarini e'lon qildi. Hujjat dekabr oyi o‘rtalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Strategiyaning kutilayotgan natijalari:

- bozorning barcha ishtirokchilari uchun aniq qoidalar / investorlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish;

- erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini (Freefloat) YaIMning 10 foiziga (6 milliard dollar) yetkazish;

- frontiermarkets xalqaro indekslarga kiritish;

- kapital bozori orqali O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning sezilarli darajada ko‘payishi;

- iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligini va bank tizimida davlat ishtirokini kamaytirish;

- farovonlikning o‘sishi - 2,5 million mahalliy investorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. (Kutilayotgan investitsiyalar hajmi - omonatlarning 6 foizi);

- iqtisodiyotga xufiyona aylanmadan qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish;

- O‘zbekiston iqtisodiyotining tezroq o‘sishini ta'minlash (prognozga nisbatan 2 foizga yuqori). 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top