Milliy statistika qömitasi keltirgan raqamlarga köra, 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti hajmi joriy narxlarda sezilarli oşgan. YaIM körsatkiçi 2021–2025 yillar kesimida izçil ösiş tendensiyasini körsatmoqda.
YaIM hajmi (joriy narxlarda):
- 2021 yil — 861,2 trln söm;
- 2022 yil — 1 041,9 trln söm;
- 2023 yil — 1 261,8 trln söm;
- 2024 yil — 1 535,4 trln söm;
- 2025 yil — 1 849,7 trln söm.
Şu davrda YaIMning nominal hajmi yildan yilga ortib borgan:
- 2022 yilda +180,7 trln söm;
- 2023 yilda +219,9 trln söm;
- 2024 yilda +273,6 trln söm;
- 2025 yilda +314,3 trln söm.
Qayd etilişiça, 2025 yilda iqtisodiy ösiş sur’ati 7,7 foiz bölib, bu iqtisodiyotda işlab çiqariş va xizmatlar faolligi saqlanayotganini anglatadi.







