07:53 / 06.12.2019
0
7642

Saudi Aramco kompaniyasi tarixdagi eng yirik IPO’ni o‘tkazdi

Foto: Ahmed Jadallah/Reuters

Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco aksiyalarining birjada birlamchi ommaviy joylashtirishi (IPO) natijalariga yakun yasadi.

2 yildan ortiqroq tayyorgarlik ko‘rilgan IPO e'lon qilingan narxlar diapazonining yuqori chegarasi bo‘yicha o‘tgan: sarmoyachilar kompaniya aksiyalarining bir donasini 32 rialdan (8,53 dollar) sotib olib, Saudiya Arabistoni budjetini 25,6 mlrd dollarga to‘ldirishgan. 

Kompaniyaning 1,5 foiz aksiyasi sotuvga chiqarilgan.

Natijada ushbu IPO Xitoyning Alibaba Group kompaniyasining rekordini ortda qoldirib, tarixdagi eng yirik IPO bo‘ldi. 2014 yilda Xitoy kompaniyasi IPO natijasida 25 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘lgandi. 

IPO natijasiga ko‘ra Saudi Aramco’ning kapitallashuvi 1,7 trln dollarni tashkil qilgan. Bu esa uni dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylantirdi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top