Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durovga nisbatan Fransiyada boşlangan tergov kompaniyaning yaqin ikki yil içida birjaga çiqiş rejalarini izdan çiqarişi mumkin, çunki investorlar va reklama beruvçilar platformaga sarmoya kiritişni istamaydi. Bu haqda 30 avgust, juma kuni Financial Times gazetasi ekspertlarga tayanib yozdi.

«Agar ular Telegram'ni firibgar deb hisoblasa, investorlar IPÖda iştirok etadimi? Işonçim komil emas. Obligatsiyalarga investorlar ham xuddi şunday dilemmaga duç kelişadi», dedi jurnalistlarga Telegram qimmatli qoğozlari egalaridan biri. Boşqa bir obligatsiya egasi Durovning qölga olingani haqidagi xabardan söng kompaniyadan heç qanday ma’lumot olmaganini aytdi.

Mart oyida Durov naşrga bergan intervyusida IPO ötkaziş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgandi. Uning ta’kidlaşiça, potensial investorlar kompaniyani «30 milliard dollardan ortiqqa» baholagan.

Makron Durovning Fransiyaga kelişini oldindan bilmaganini aytdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 29 avgust kuni Serbiyaga taşrifi çoğida Telegram asosçisi Pavel Durovning Fransiyaga «taklif etilgani haqidagi» ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Fransiya OAV, jumladan, Le Figaro gazetasi va BFMTV telekanali xabar berdi.

«Mamlakatimizda hokimiyat bölinişi bor, men uning kelişidan bexabar edim. Bu oddiy hol. Taklifnoma rasmiylaştirganim yolğon», - deya Makronning sözlarini keltiradi BFMTV.

Avvalroq, 27 avgust kuni Le Canard enchaîné satirik gazetasi 24 avgust kuni Parijdagi Le Burjye aeroportida qölga olinganida Pavel Durov Makron bilan keçki ovqatga borişi kerakligini aytganini yozgan edi.

Germaniya Telegram’ni yetarliça hamkorlik qilmaganlikda aybladi

Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (BfV) rahbari örinbosari Zinan Zelen Telegram platformasini hamkorlikka tayyor emaslikda aybladi. Zelen tegişli pozitsiyani 28 avgust kuni Berlinda bildirdi. 

Uning sözlariga köra, turli doiralar Pavel Durov platformasida muloqot qiladi va idora «diqqat markazida» böladi. Şu bilan birga, terrorizm yoki öng ekstremizmga qarşi kuraşiş haqida gap ketganda, «boşqa platformalardagi kabi ma’lumotlar almaşinuvi (Telegram tomonidan) yöq», deb ta’kidlaydi Zelen.