18:58 / 16.12.2019
0
20785
Quruqlikdagi eng chuqur joy aniqlandi

Irvayndagi (AQSh) Kaliforniya universiteti olimlari sayyoramizning aniq kontur xaritasini tuzish vaqtida Antarktidadagi muz qalqoni ostida quruqlikdagi eng chuqur yangi joyni aniqlashdi. Bu haqda National Geographic nashri xabar berdi.  

Botiqlik Sharqiy Antarktidadagi Denman muzligida joylashgan bo‘lib, uning tubi dengiz sathidan 3,5 kilometr pastda joylashgan.   

Xaritani tuzishda 19 ta turli tadqiqot institutining muz qalinligi haqida 1967 yildan boshlab olgan ma'lumotlari qo‘llangan. Tadqiqot, shuningdek, million kvadrat kilometr hudud haqidagi georadiolokatsion ma'lumotlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, muzning harakatlanish tezligi haqidagi va seysmik ma'lumotlar qo‘llangan.    

Amerikalik olimlar massa saqlanishi va muz oqimi harakati haqidagi fizik qonunga asoslanishgan. Tadqiqotdan maqsad Antarktidada iqlim isishi ta'siriga eng zaif joyni aniqlash bo‘lgan.

“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, chuqurlik dengiz sathidan 3,5 km pastda joylashgan, bu quruqlikdagi eng chuqur joydir”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Mettyu Morligem.  

Bungacha suv bilan to‘lmagan eng chuqur botiq Antarktidadagi boshqa bir joy – Bentli botig‘i hisoblangan, uning tubi dengiz sathidan 2555 metr pastda joylashgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top