23:28 / 18.12.2019
0
14044

Nensi Pelosi Tramp konstitutsiyani buzgani va impichmentga loyiq ekanligini bildirdi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezident Donald Tramp konstitutsiyani buzgani va impichmentga loyiq ekanligini aytdi.

"Prezident o‘zining lavozim vakolatlari kuchidan milliy xavfsizlik hisobiga shaxsiy siyosiy manfaat olish uchun foydalandi. Afsuski, prezidentning harakatlari impichment zaruriyatiga olib keldi. U bizga imkon qoldirmadi", - dedi Pelosi. 

Demokratlar Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yib, prezident Vladimir Zelenskiydan Trampning raqibi Jo Baydenga qarshi tergov o‘tkazishni talab qilganligini ta'kidlamoqda.

Tramp esa Ukraina hukumatidan korrupsiyaga qarshi kurashishni talab qilganini aytmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top