09:40 / 05.01.2020
0
25886
«O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Tojiyev «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ ma'lumot yagona portalida xabar berilgan.

Foto: O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi

U kompaniya boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Sardor Tojiyev oldinroq «O‘zavtosanoat» Strategik rejalashtirish boshqarmasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha avvalgi o‘rinbosari Umidjon Salimov 2019 yilning yanvarida Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tganidan beri (Salimov 2019 yilning iyulida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan) bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top