Umidjon Salimov vazir o‘rinbosariga aylandi

Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Umidjon Zokirjonovich Salimov Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2013-2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2017 yil aprelida «O‘zavtosanoat» AJga qaytgan va boshqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlagan, o‘sha yilning avgustida «O‘zavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, shu kungacha «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirayotgandi.
O‘zbekiston prezidentning «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Bundan oldinroq, Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayevga birinchi o‘rinbosar, Sohib Saifnazarov esa o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabarlar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
-
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:37
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Mavzuga oid

10:50 / 14.07.2019
Umidjon Salimov yangi ishga o‘tdi

16:10 / 28.12.2018
«Bu mahsulotimiz sotilmay qolganidan emas». Umidjon Salimov «O‘zavtosanoat»ning «tarixiy chegirmasi» haqida ma'lumot berdi

17:44 / 01.08.2018
Narxlar mashmashasi. «O‘zavtosanoat» vaziyatga oydinlik kiritdi

21:41 / 28.06.2018