15 mart kuni «Özavtosanoat» kompaniyasida boşqaruv raisining ikki yangi örinbosari tayinlandi.
Aleksandr Aleksandroviç Saxapov – «Özavtosanoat» AJ Boşqaruv raisining sotuvni rivojlantiriş va marketing böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

U bu lavozimda 2020 yil yanvaridan buyon işlab kelgan Sardor Tojiyevning örnini egallagan.
Aleksandr Saxapov 1982 yilda tuğilgan, Toşkent avtomobil yöllari institutini bitirgan. 2003 yildan buyon «Özavtosanoat» va UzAuto Motors kompaniyalarida turli lavozimlarda işlagan. Tayinlovga qadar UzAuto Motors kompaniyasining savdo va avtoservis böyiça boşqaruvçi direktori edi.
Bundan taşqari, olti yil davomida u boş ekspert sifatida avtomobilsozlik sanoati masalalari bilan şuğullangan, keyinroq Vazirlar Mahkamasining Maşinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiyani rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari axborot-tahlil departamenti maşinasozlik sektori mudiri lavozimida faoliyat körsatgan.
Davron Abdulpattahoviç Hidoyatov – «Özavtosanoat» AJ Boşqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar böyiça örinbosari lavozimida iş boşlagan.

Davron Hidoyatov 1976 yilda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Özbekiston bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Turli yillarda bank sohasidagi turli lavozimlarda işlagan, 2009 yildan 2012 yilgaça GM Uzbekistan kompaniyasining moliya böyiça ijroçi direktori, 2012 yildan 2014 yilgaça MAN Auto-Uzbekistan QK boş direktori lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Keyinroq qömita raisi, Çilonzor tuman hokimi, Toşkent şahri hokimi örinbosari, Toşkent viloyat hokimi lavozimlarida işlagan, 2021 yil noyabridan buyon Toşkent viloyati Çirçiq şahri hokimi edi.
















